Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sankt-Peterburgda dovul oqibatida bir necha kishi ayanchli tarzda halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgda dovul oqibatida bir necha kishi ayanchli tarzda halok bo‘ldi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida kuchli yomg‘ir va dovul tufayli uch kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya OAVi xabar bermoqda.

TASS xabariga ko‘ra, 2 iyul kuni ertalab Leningrad viloyati Vsevolojsk tumani Novoe Toksovo qishlog‘ida kottejlar qurilishida ishlagan 26 yoshli Tojikiston fuqarosining jasadi topilgan. Taxminlarga ko‘ra, u bir kun oldin yomon ob-havo paytida treyler tirkamasidan chiqib ketgan va o‘sha paytda uni qulagan daraxt bosgan.

«Kommersant» gazetasining Tergov qo‘mitasidagi manbalariga asoslanib xabar berishicha, dovul bir ayol va bir bolaning hayotiga zomin bo‘lgan.

Yuriy Gagarin prospektida esa daraxt 36 yoshli ayolning ustiga qulab tushdi. U olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Krasnogvardeyskiy tumanida 11 yoshli bola ham ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uni saqlab qola olmagan.

Sankt-Peterburgdagi tergovchilar voqeaning barcha holatlarini aniqlash uchun tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring