Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada kuchli dovul oqibatida ikki kishi vafot etdi, o‘nlab jarohatlanganlar bor

Moskvada kuchli dovul oqibatida ikki kishi vafot etdi,  o‘nlab jarohatlanganlar bor

Bugun,  20-iyun kuni Rossiya poytaxti Moskvadagi kuchli yomg‘ir va dovul oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bundan tashqari,  o‘nlab kishilar jarohatlangan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlardan birini daraxt bosib qolgan. 

Moskva sog‘liqni saqlash departamenti dovul oqibatida 18 kishi kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

Ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.

«Noqulay ob-havo sharoiti natijasida 18 kishi shahar shifoxonalariga yotqizilgan, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, hayotga xavf yo‘q. Kasalxonaga yotqizilganlar orasida 4 nafar bola ham bor, ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda», — deyiladi boshqarmaning Telegram-kanalida.

Sinoptiklar bir necha kun avval Moskvaga kuchli dovul yopirilishi haqida ma’lumot bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring