Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Salimboyvachcha» Qirg‘izistonda qidiruvga berildi

«Salimboyvachcha» Qirg‘izistonda qidiruvga berildi

Joriy yilning martida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida Jinoyat kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan jinoiy avtoritet, «Salimboyvachcha» nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevga nisbatan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xalqaro qidiruv e’lon qildi.

Uning qirg‘izistonlik qonundagi o‘g‘ri Kamchi Kolbayevning uyushgan jinoiy guruhi faoliyatini moliyalashtirish faktlari aniqlangan. Qirg‘iziston MXDQning iddao qilishicha, Kolbayevning uyushgan jinoiy guruhi o‘zbekistonlik kriminal avtoritet Salim Abduvaliyevning «Birodarlar doirasi» xalqaro jinoiy guruhi tarkibiga kiradi.

Tergovchilarning fikricha, Abduvaliyev giyohvandlik vositalarini Yevropa davlatlariga olib o‘tish bo‘yicha noqonuniy kanallar tashkil etilganligi sababli MDH davlatlarida bevosita ta’sirga ega bo‘lgan. Shuningdek, Kolbayev bilan aloqa o‘rnatgan va tizimli ravishda moddiy yordam ko‘rsatgan, uning mintaqadagi nufuzli kriminal avtoritetlar qatorida Qirg‘iziston, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari jinoyat olamining yetakchisiga aylanishiga yordam bergan va hissa qo‘shgan.

«Kolbayev va Abduvaliyev o‘rtasida yaqin munosabatlar bo‘lgan. Bunga Kolbayevning Abduvaliyev tomonidan O‘zbekistondagi bayram va boshqa tadbirlarga bir necha bor taklif qilingani guvohlik beradi», — deyiladi xabarda.

Bishkekning Oktyabr tuman sudi Abduvaliyevni sirtdan hibsga olib, qidiruvga bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring