Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruzvelt, Gitler, Mussolini va boshqalar...

Ruzvelt, Gitler, Mussolini va boshqalar...

Agar siz oddiy odam bo‘lsangiz, boshqalar bilan albatta uchrashgansiz. O‘shanda birinchi marta tanishganingiz zahoti ularga yoqib qolgan bo‘lishingiz mumkin. Siz bu kishilarni tasodifan uchratib qolganlarga nisbatan do‘stlaringiz deb hisoblaysiz va ularga ko‘proq ishonasiz. Ha, bizning har birimiz ozmi-ko‘pmi, ana shunday shaxsiy jozibaga egamiz.

Shaxsiy joziba tug‘ma xislat bo‘lib, uning darajasi zavq-shavq, mehr-muhabbat, shodu xurramlik kabi so‘zlarimiz va ishlarimizda boshdan kechiradigan va ifodalaydigan his-tuyg‘ular soni bilan belgilanadi. Biz bu o‘ziga xos xislatning soni va sifatini oshira olmaymiz. Ammo o‘zimiz istagan maqsadni ro‘yobga chiqarishga yordam berishi uchun uni tashkil etishimiz va yo‘naltirishimiz mumkin. Kimki buni o‘rgangan bo‘lsa, u peshqadam, bunyodkor va o‘z sohasining «qaldirg‘ochi», tamaddunni rivojlantirishga qobiliyatli bo‘ladi.

Ammo, odatda, buni qoidaga aylantirib bo‘lmaydi, ba’zan shunday holatlar ro‘y beradiki, arzimas odamlar ham boshqalarga ta’sir ko‘rsatishda ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun o‘zaro munosabatda nihoyatda ehtiyot bo‘lishimiz, ularning asl niyati va mo‘ljallari nimadan iborat ekanligini belgilamay turib, ishga kirishmasligimiz kerak. Eng muhimi esa muvaffaqiyatga erishish uchun jozibamizdan foydalanishimiz zarur. Uning yordamida o‘zgalarga do‘stona yordam ko‘rsatsak, asosiy maqsadlarimizni amalga oshirishga ko‘maklashadilar.

Shaxsiy joziba, asosan, ovoz, ko‘z va qo‘llar, ya’ni boshqalar bilan munosabat o‘rnatishning asosiy vositalarida ifodalanadi. Ammo bu borada ko‘proq axloqiy qiyofada namoyon bo‘lish katta ahamiyat kasb etadi. So‘zlar hech qanday foyda bermasligi, ammo ohang, ishonch va zavq-shavq nuqtdagi mantiqdan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi ibotlangan.

Shaxsiy jozibaga ega kishilar hech nima deyishmasa-da, ammo baribir odamlarni o‘z tomoniga «tortish»ga muyassar bo‘ladilar. Ana shunday joziba kuchiga ega bo‘lgan shaxs Billi Grexem edi. U odamlar ko‘ngliga Yaratganga nisbatan ishonchni oddiy qo‘l harakati va nigohi hamda yoqimli ovozda yetkazadigan kalima orqali uyg‘ota olar edi. Siyosat sohasida xuddi shunday odatga, ya’ni boshqalar ustidan hukmronlika Franklin Ruzvelt ega edi. Ammo men yana ta’kidlashim kerakki, Gitler va Mussolini ham shunday bo‘lishgan va shu kabi boshqa ko‘pgina kishilar jirkanch tarixiy shaxslar edi. O‘zining jozibasidan halokatli maqsadlarda foydalanadigan odamlardan ehtiyot bo‘ling.

Siz joziba kuchini o‘zingiz uchun ishlashga majbur etishingiz mumkin. Buni o‘zingizga nisbatan ishonch, iroda kuchi va obro‘-e’tibor uyg‘otishni o‘rgansangiz uddalaysiz. Odamlarning ko‘ziga to‘ppa-to‘g‘ri qarashni o‘rganing. Qo‘l olib ko‘rishishingiz mahkam va iliq, ovozingiz ohangi yoqimli bo‘lsin, uning tembri, ya’ni tovushning o‘ziga xos sifatlari esa tinglovchilaringiz diqqatini butunlay jalb etsin.

O‘zingizning shaxsiy jozibangizni ishga soling: ko‘rasiz, u siz uchun hamma narsani hal qiladi.

(Napolen Xill kitobidan)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring