Rossiya mehnat muhojirlariga muhtoj — Peskov
Rossiya uchun migrantlar muammo emas, muammo — mamlakat hududida noqonuniy yurgan migrantlar, dedi RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«Qonun buzilgan joyda barcha turdagi jinoyatlar, diniy ekstremizmdan tortib giyovandlikkacha tomir otadi. Muammo mana shunda», — dedi u.
«Migrantlar — bizning ehtiyojimiz. Chunki bizda demografik vaziyat juda keskin. Dunyodagi eng katta mamlakatda yashaymiz, o‘zimiz esa kamchilikmiz», — ta’kidladi Peskov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter