Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘riqxona xodimlari ovchilardan yordam so‘radi

Qo‘riqxona xodimlari ovchilardan yordam so‘radi

Foto : MTRK «Mir» / Igor Medvedev

Ussuri qo‘riqxonasi xodimlari yonida joylashgan ov fermalaridan Uzoq Sharq qoplonlarining harakatini kuzatishda yordam berishni so‘rashgan. Sababi bu yil boshida uchta katta – ikkita erkak va bir urg‘ochi mushuklar tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan.

Qadim zamonlardan beri qo‘riqxona hududi va uning atrofidagi yerlarda leopardlar yashab kelgan. Bu hudud  hayvonlarning XX asr oxiriga kelib odamlar tomonidan batamom qirib yo‘q qilinguncha muqim yashash joyi bo‘lgan.  Shu sababli, noyob hayvonning populyasiyasini tiklash uchun dastlabki uchta mushuk qo‘yib yuborildi. Har biriga kiydirilgan maxsus sun’iy yo‘ldosh libosi yordamida ularning harakatlari nazorat qilinadi.

Mushuklar qo‘riqxona chegaralariga rioya qilmasliklari sababli qo‘riqxona hayvonlar harakatlanishi mumkin bo‘lgan ov joylari bilan shartnoma tuzdi.

Primorskiy ovchilik nazorati bo‘limi mutaxassislari Qizil kitobga kiritilgan Uzoq Sharq taygasining asl «xo‘jayin»ini saqlab qolishga qaratilgan monitoring tadbirlari dasturida ishtirok etishlari kerak, deb xabar berdi dalekayaokraina.ru.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring