Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning matbuot erkinligiga doir xalqaro reytingdagi o‘rni 4 pog‘onaga pastladi

O‘zbekistonning matbuot erkinligiga doir xalqaro reytingdagi o‘rni 4 pog‘onaga pastladi

«Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkiloti matbuot erkinligi bo‘yicha 2023-yil uchun yillik hisobotini e’lon qildi.

Mazkur reytingda yetakchi o‘rinlarni Norvegiya, Irlandiya, Daniya, Shvetsiya va Finlyandiya kabi davlatlari egallagan bo‘lsa, Rossiya 180 ta mamlakat orasida 164-o‘ringa (2022-yilda 155-o‘rinda edi), Ukraina esa 79-o‘ringa (o‘tgan yili 106-o‘rin) munosib ko‘rilgan.

Reytingdagi so‘nggi o‘rinlarni esa Shimoliy Koreya, Xitoy, Vetnam, Eron, Turkmaniston va Suriya davlatlari band qilgan.

O‘zbekiston 45,73 ball bilan 137-o‘rinda qayd etilgan va mintaqadagi Qirg‘iziston (122-o‘rin), Qozog‘iston (134-o‘rin) davlatlaridan quyi, Tojikiston (153-o‘rin) va Turkmaniston (176-o‘rin)dan esa yuqori o‘rinlarni egallagan.

2022-yilgi reytingda O‘zbekiston 45,74 ball bilan 133-o‘rinni egallagan edi.

O‘zbekistonning mazkur reytingda 4 pog‘ona pastlashini izohlar ekan, «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkiloti mamlakatda hanuz OAV uchun davlat hokimiyatini tanqid qilish murakkabligicha qolayotganini yozadi.

«O‘zbekistonda xususiy televideniye tarmog‘i yo‘q. Davlat radiosi rasmiy targ‘ibotni olib boradi, xususiy radiostansiyalar yopilishdan qo‘rqib, har qanday tanqiddan tiyiladi, yozma matbuot esa davlat manfaatlariga xizmat qiladi. Ba’zilari xorijda joylashgan 15 ga yaqin onlayn OAV sifatli kontentni nashr etadi. Matbuotning taxminan uchdan bir qismi rus tilida eshittirishlar beradi», – deyiladi hisobotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring