Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘limga olib keluvchi kasallik Kanadadan so‘ng AQShda ham tarqaldi

O‘limga olib keluvchi kasallik Kanadadan so‘ng AQShda ham tarqaldi

Foto: iStock

AQShda o‘limga sabab bo‘luvchi listerioz tarqaldi, deb xabar berdi Topor Live telegram-kanali. Kasallik 12 shtatda qayd etilgan bo‘lib, ikki bemor vafot etgan, 28 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Taxminlarga ko‘ra, jabrlanuvchilar oziq-ovqat do‘konlaridan xarid qilingan tayyor go‘sht va kolbasa mahsulotlaridan zaharlangan bo‘lishi mumkin.

Kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bog‘liq listerioz — ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir turlaridan bo‘lib, Listeria monocytogenes bakteriyasi kasallik qo‘zg‘atuvchisi sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring