Nyu-Yorkda yirik kompaniya bosh direktori ko‘chada otib o‘ldirildi
Bugun, 4-dekabr kuni Amerikaning United Heathcare sug‘urta kompaniyasi bosh direktori Brayan Tompson Manxettenda otib o‘ldirildi.
Bu haqda Amerika OAVlari Nyu-York politsiyasi bayonotiga asoslanib yozishmoqda. Unga ko‘ra, janob Tompson kompaniya investorlar uchun konferensiya o‘tkazayotgan Nyu-York Hilton Midtown mehmonxonasi yaqinida otib tashlangan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan va shu yerda vafot etgan.
Manbalarga ko‘ra, niqobli jinoyatchi voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan.
United Healthcare Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi eng yirik sog‘liqni sug‘urtalovchi bo‘lgan United Health Group tarkibiga kiradi va Fortune Global 500 reytingida sakkizinchi o‘rinni egallaydi. United Heathcare guruhning ikkita asosiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, sug‘urta biznesiga ixtisoslashgan, boshqa kompaniya Optum esa sug‘urta biznesida ushbu sohada texnologik yechimlarga ixtisoslashgan. 2004-yildan beri kompaniyada ishlaydigan janob Tompson 2021-yildan buyon United Heathcare’ni boshqarib kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter