Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nafaqaga chiqqan tadbirkor yigirma yil davomida shaharda bog‘ yaratish uchun daraxt ekdi

Nafaqaga chiqqan tadbirkor yigirma yil davomida shaharda bog‘ yaratish uchun daraxt ekdi

foto: 120.su, «Tiquatira» bog‘i

San-Pauluning (Braziliya) ko‘plab aholisi, ayniqsa keksalar «Tiquatira»  deb nomlanuvchi shahar parkini yaxshi ko‘radilar.

Uzunligi 3,2 kilometr va eni 100 metr bo‘lgan, shaharning eng gavjum ikkita yo‘li orasiga qo‘yilgan bu yashil daraxt «yo‘lagi» Xelio da Silvaning sa’y-harakatlari tufayli yaratilgan. 2002-yilda tadbirkorlikdan nafaqaga chiqqan erkak o‘z kuchi bilan hududga ko‘chat ekishni boshlagan. Rasmiylar havaskorning bu tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar va natijada ushbu yashil hududni rasman shahar parki sifatida tan oldi.

Hozirda «Tiquatira»da 41 000 ga yaqin daraxt bor, biroq Xelio bu raqamni 50 000 taga yetkazishni rejalashtirayotganini aytdi, hozir 73 yoshda bo‘lgan nafaqadagi tadbirkor bir vaqtlar daraxt ekishni boshlaganida uni aqldan ozgan hisoblab ko‘pchilik ustidan kulgan edi. Ammo hozir shahar aholisi bu odamdan minnatdor va ko‘pchilik unga yordam bera boshladi. Xelioning so‘zlariga ko‘ra, daraxtlarning o‘zi uning motivatsiyasi, chunki ular odamlarga chiroyli gul, yashil barg, mevalar beradi, qushlarni jalb qiladi va shahar aholisini ajoyib soya, toza havo bilan ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring