Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan haykal topildi

Misrda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan haykal topildi

Foto: «Ahram Online»

Qadimgi Sakkara qabristonida qazuv ishlarini olib borayotgan misrlik arxeologlar bir nechta yaxshi saqlangan qadimiy haykal va qadimgi tosh tobutlarni topishdi. Tekshiruv natijasida haykalda o‘simlik, gul va giyohlar ma’budi Nefertum tasvirlangani aniqlandi. Bu haqda «Ahram Online» xabar berdi.

Haykal bronzadan yasalgan. U XXVI sulola (miloddan avvalgi 685-525-yillar) davri qabrlari yonidan topilgani uchun o‘sha davrga mansub degan xulosaga kelishdi. Tarixchilarning so‘zlariga ko‘ra, XXVI sulola, shuningdek, Sais sulolasi deb ham ataladi. Ulardan keyin mamlakatni forslar bosib olishgan. Shundan so‘ng bir necha yuz yillar davomida Misr chet elliklar hukmronligi ostida qolgan.

Nefertum haykali va qadimgi tosh tobutlar 11 metr chuqurlikda joylashgan. Haykalning firuza, lojuvard, qizil aqiq kabi qimmatbaho toshlar bilan bezatilgani olimlar e’tiborini jalb etdi. Uning bo‘yi taxminan 35 sm.ni tashkil etadi. Tagiga esa egasining ismi yozib qo‘yilgan: Badi Amun. Nefertum Misr an’analariga xos ravishda boshiga nilufar guli taqqan yigit ko‘rinishida tasvirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring