Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misr TIV xorijliklarni ogohlantirdi

Misr TIV xorijliklarni ogohlantirdi

Misr Tashqi ishlar vazirligi xorijiy fuqarolarni mamlakatda bo‘lish tartiblariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. 

TIV bayonotiga ko‘ra, 2024 yil yanvar oyi boshida tasdiqlangan Misr Arab Respublikasida bo‘lish tartibi xususidagi normativ hujjatga muvofiq mamlakatda istiqomat qilayotgan barcha xorijliklar (yashash ruxsatnomasiga ega yoki bunday hujjatni rasmiylashtirishdan ozod qilinganlardan tashqari) Pasport va fuqarolikni belgilash Bosh boshqarmasida ro‘yxatdan o‘tishlari va yashash ruxsatnomasini rasmiylashtirishlari belgilab qo‘yilgan.

Qoidabuzarlar ro‘yxatiga tushib qolishning oldini olish maqsadida xorijiy fuqarolaridan 2024 yil 30 iyunga qadar yashash ruxsatnomasi rasmiylashtirish uchun zudlik bilan tegishli arizalar taqdim etilishi shart.

Shu bilan birga «yashash ruxsatnomasi rasmiylashtirishdan ozod etilgan» fuqarolardan «imtiyozli guvohnomalar»ga ega bo‘lish uchun tegishli ijro harakatlarni 2024 yil 30 iyunga qadar amalga oshirishi so‘ralgan. «Imtiyozli guvohnomalar» olishning yakuniy muddati 2024 yil 30 sentyabrgacha etib belgilandi. Ushbu sanadan e’tiboran mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi.

«Misr mutasaddi idoralari barcha fuqarolarga ularning mamlakatda bo‘lishlari va harakatlanishlari davomida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, yashash uchun ruxsatnoma (iqoma) yoki imtiyozli guvohnomalar hamda talabalik kartalarini (universitet, institut va h.k.) o‘zlari bilan birga olib yurishlari va talab etilgan vaqtda taqdim etishlari lozimligini so‘raydi», deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring