Marko Rubio USAID direktori vazifasini bajaruvchi bo‘ldi

AQSh davlat kotibi Marko Rubioga AQShning xalqaro rivojlantirish agentligi (USAID) direktori vazifasini bajarish ham topshirildi. Bu haqda The Hill gazetasi xabar berdi.
«USAIDning ko‘p funksiyalari saqlab qolinadi, ammo ular AQShning tashqi siyosatiga muvofiqlashtirilishi shart», — dedi Rubio.
Demokratlar partiyasi a’zolari hamda sobiq diplomatlar USAID jahondagi ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolib, AQShning xalqaro maydondagi nufuzini oshirib kelayotganini ta’kidlab, uning tarqatib yuborilishidan xavotirdalar.
Avvalroq prezident Donald Tramp boshqa mamlakatlarga yordam ko‘rsatishni to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) xodimlariga maxfiy ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgani uchun dushanba kuni USAID amaldorlari iste’foga chiqarilgan edi. DOGEga rahbarlik qilayotgan Ilon Mask agentlik faoliyatini to‘xtatish kerak degan. Uning aytishicha, bunga Tramp ham rozi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter