London markazida mashina olomon ustiga haydaldi: tafsilotlar
London markazida noma’lum erkak mashinani tungi klubga kiraverishda olomon ustiga haydadi, deb xabar berdi shahar politsiyasi matbuot xizmati.
Natijada to‘rt nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir. Haydovchi 31 yoshli erkak qotillikka urinishda gumonlanib hibsga olingan.
Politsiya hodisaning terrorizmga aloqasi yo‘qligini qayd etdi.
Hodisa bugun, 25-dekabrga o‘tar kechasi Shaftesberi avenyusida sodir bo‘lgan. Mashina qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan edi, shundan so‘ng u kutilmaganda piyodalar yo‘lagidagi olomon ustiga haydalgan.
Politsiyaning taxminicha, qo‘lga olingan erkak avval tungi klubda janjalda qatnashgan. Departament hodisaning barcha holatlari bo‘yicha tekshiruv boshladi.
Avvalroq shunga o‘xshash hodisa Germaniyada sodir bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter