Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kolumbiya 1 400 tonna giyohvandlik moddasini qo‘lga tushirdi

Kolumbiya 1 400 tonna giyohvandlik moddasini qo‘lga tushirdi

Foto: Federico Rios/Reuters

Kolumbiya huquqni muhofaza qilish organlari ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlikda olti hafta mobaynida 225 tonna kokainni fosh etdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Kolumbiya va 62 mamlakat ishtirokidagi olti haftalik «Orion» amaliyoti davomida kokain olib ketilayotgan 6 ta dengiz kemasi to‘xtatilib, jami 1 400 tonna giyohvandlik moddasi, jumladan, 1 000 tonnadan ziyod marixuana va 225 tonna kokain musodara qilingan. Taqiqlangan yukning bir qismi Avstraliyaga yangi narkotrafik yo‘nalish bo‘yicha ketayotgan suvosti kemasida topilgan.

Shuningdek, narkotiklarga qarshi amaliyot davomida qurol savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanuvchilar va muhojirlarni yashirincha olib o‘tuvchilar — 400 dan ortiq kishi hibsga olingan.

Ta’kidlanishicha, bu amaliyot Lotin Amerikasidagi kartellar uchun qaqshatqich zarba bo‘ldi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili dunyoda 2 700 tonna kokain ishlab chiqariladi. Kolumbiya hukumati 2022-yilda 671 tonna kokainni musodara qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring