Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kiyevda askar o‘z sheriklarini otib tashladi

Kiyevda askar o‘z sheriklarini otib tashladi

Ukraina Qurolli kuchlari askari mojaro tufayli Kiyevda ikki harbiyni otib tashladi. Bu haqda Strana.ua nashri xabar berdi.

Voqea 3 oktyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Nashrning huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berishicha, harbiy xizmatchi Konstantin Kiriyachenko mast holatda mojaro tufayli ikki sherigini o‘qqa tutgan. U jinoyat joyidan qochib ketgan, biroq ikki soatdan keyin qo‘lga olingan.

Harbiy xizmatchi 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring