Kaspiy dengizida tyulenlar ommaviy nobud bo‘lmoqda
Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida so‘nggi uch haftada Kaspiy dengizi qirg‘og‘idan mingdan ortiq tyulenlarning jasadi topilgan.
Dastlab ular Tupqarog‘on tumanidan topilgan. Hozir jasadlarni Qoraqiyon tumani va Oqtov shahri chegarasidan ham yig‘ib olishmoqda. Hozirga qadar 1 034 ta o‘lim hujjatlashtirilgan.
«Bunga tabiiy hodisalar, jumladan, suv ostidagi zilzilalar natijasida atmosferaga chiqadigan tabiiy gazlar sabab bo‘lishi mumkin. Tyulenlarning nobud bo‘lishi sabablari bo‘yicha yakuniy xulosalar 3-4 oy davom etadigan laboratoriya tadqiqotlari tugagandan so‘ng olinadi», – deyiladi Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi xabarida.
Mamlakat ekologiya vazirligi esa holat yuzasidan laboratoriya-tahliliy nazorati bo‘yicha komissiyasi tuzilganini, mazkur komissiya hayvonlarning o‘limi sabablarini o‘rganish uchun voqea joyida ishlayotganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter