Kanadaning yangi bosh vaziri kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

9-mart kuni Kanada bankining sobiq rahbari Mark Karni partiya ya’zolarining 86 foiz ovozini qo‘lga kiritib, Jastin Tryudoning o‘rniga Liberal partiya yetakchisi etib tayinlandi.
U tez orada bosh vazir lavozimini egallashi kutilmoqda. Karni o‘zining moliyaviy obro‘si va Tryudo siyosatini tanqid qilishi bilan mashhur. U Ukrainaga yordam berishni qo‘llab-quvvatlaydi va Kanadaning AQShga qo‘shilishiga qarshi.
Mark Karni saylov yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tadbirda mamlakat hech qachon Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirmasligini ta’kidlagan. U, shuningdek, Trampning boj tariflarini asosiy tahdid deb atagan.
Ma’lumot uchun, ilgari u Kanada banki (2008-2013) va Angliya bankini (2013-2020) boshqargan.
20 oktyabrdan kechiktirmay o‘tkaziladigan umumiy saylovlarda muxolifat bilan qattiq kurash olib borishdan tashqari, u AQSh bilan tarif bo‘yicha qattiq muzokaralarga ham duch kelishi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter