Kamerunning 91 yoshli prezidenti 8-marta saylovda qatnashmoqchi
Kamerunning amaldagi prezidenti Pol Biyya davlat rahbarligi uchun yangi saylovga nomzodini qo‘ydi. Prezidentlik saylovi 2025-yil 12-oktyabrda bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi CameroonOnline.
Pol Biyya 91 yoshda va sakkizinchi marta ushbu lavozim uchun kurashadi! Yana bir fakt: u Kamerun mustaqil bo‘lgan 1960-yildan buyon mamlakatni boshqargan ikkinchi prezident!
Biyya 13-fevral kuni 92 yoshini qarshilaydi. Undan oldingi prezident Amadu Axijo 1960–1982-yillarda mamlakatni boshqargan.
Kamerun konstitutsiyasida davlat rahbarligiga nomzodning necha marta ko‘rsatilishi va yoshiga doir cheklov yo‘q.
Pol Biyya — dunyodagi eng keksa davlat rahbari. 41 yildan buyon shu lavozimda. Shunga qaramasdan, rekord boshqa odamga tegishli — Ekvatorial Gvineya prezidenti Teodoro Obiangu Ngeme Mbasogo 1979-yildan buyon davlatni boshqarmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter