Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Yevropada jazirama: Ruminiyada elektr tarmoqlari ishlamay qoldi

Janubiy Yevropada jazirama: Ruminiyada elektr tarmoqlari ishlamay qoldi

Yevropaning janubida issiq ob-havo kuzatilyapti: bir qator mamlakatlarda havo harorati 40 darajadan oshgan.

Rim hayvonot bog‘ida hayvonlarga – muzli meva va sabzavotlar hamda muzlatilgan go‘sht va baliq berilyapti.

Ruminiyada kuzatilayotgan issiq ob-avo tufayli uylar va ishxonalardagi konditsioner katta hajmdagi elektr energiyasi iste’moliga sabab bo‘lgan va ortiqcha yuklama elektr tarmog‘ini ishdan chiqargan. Mamlakat g‘arbidagi bir qancha hududlar ikki kundan buyon elektr ta’minotidan uzilib qoldi.

Gretsiyada esa bir yarim haftadan beri kuchli jazirama davom etmoqda. Afinada rasmiylar Akropol va boshqa turistik diqqatga sazovor joylarni kunning o‘rtasida, kunning eng issiq vaqtida jamoatchilik uchun yopishga qaror qildi. Issiqlik mamlakatning aksariyat hududlarida keyingi haftagacha davom etishi prognoz qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring