Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil Livan janubiga zarba berishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Isroil Livan janubiga zarba berishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Isroil Livan janubidagi sanoat zonasiga zarbalar berdi. Livan sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, oqibatda 10 kishi halok bo‘lgan. Zarbalar Nabatiya viloyatiga berilgani haqida Times of Israel xabar berdi.

Halok bo‘lganlarning barchasi — Suriya fuqarolari, ular orasida bir ayol va uning ikki farzandi ham bor. Shuningdek, besh kishi jarohat olgan. Rezidentlarning aytishicha, zarba berilgan hududda fabrikalar joylashgan bo‘lib, ishchilar ham shu yerda yashaydi.

SAXAL (Isroil armiyasi) zarbadan maqsad «Hizbulloh» foydalanuvidagi qurol-yarog‘ omborini yo‘q qilish bo‘lganligi haqida bayonot berdi.

Isroil hujumiga javoban uning shimoliy hududlariga qarata «Hizbulloh» 55 ta raketa uchirgan. Bu hujumning oqibatlari haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring