Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil G‘azoni elektrdan uzdi

Isroil G‘azoni elektrdan uzdi

G‘azo sektoriga Isroil hujumi oqibatlari.

Foto: AP Photo / Mohammed Hajjar

Isroil energetika vaziri Eli Koen G‘azo sektoriga elektr uzatishni zudlik bilan to‘xtatishga buyruq berdi, deyiladi RIA Novosti xabarida.

«Barcha garovga olinganlarni ozod etish hamda HAMAS urush tugagan kunning ertasiga G‘azoda qolmasligi uchun, biz ixtiyorimizdagi barcha vositalarni ishga solamiz», — dedi Koen videomurojaatida.

Isroil harbiylari (SAXAL) 2-mart kuni G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami kiritilishini to‘xtatib, barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini yopgan edi. Kan telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Falastinning HAMAS harakati AQSh maxsus elchisi Stiven Uitkoffning sektorni muvofiqlashtirish rejasini rad etishiga javoban bu shafqatsiz chora qo‘llangan.

Kan telekanali 3-mart kuni xabar berishicha, HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining birinchi bosqichini uzaytirmasa va barcha garovga olinganlarni ozodlikka chiqarmasa, Isroil G‘azo sektorida jangovar harakatlarni yana davom ettiradi. Jurnalistlarda mavjud ma’lumotga ko‘ra, isroilliklar G‘azoni insonparvarlik yordamidan uzish barobarida HAMASga bosimni tinmay oshirishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring