Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hizbulloh» rahbari o‘ldirilgani e’lon qilindi

«Hizbulloh» rahbari o‘ldirilgani e’lon qilindi

Isroil armiyasi «Hizbulloh» rahbari Hasan Nasrulloh o‘ldirilgani haqida e’lon qildi. Bundan tashqari, tashkilotning janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karchi ham halok bo‘lgan. Harakatning o‘zi rahbarining o‘limini tasdiqlagani yo‘q.

«Aniq razvedka ma’lumotlari asosida Isroil havo kuchlari samolyotlari Bayrutning Dahiya tumanidagi turar joy binosi ostida joylashgan «Hizbulloh»ning markaziy qarorgohiga hujum qildi. Hujum tashkilotning yuqori martabali rahbariyati qarorgohda bo‘lgan vaqtda amalga oshirildi», deyiladi Isroil armiyasi xabarida.

Hasan Nasrulloh 1992 yilda guruhning avvalgi rahbari Abbos al-Musaviy o‘ldirilganidan keyin Hizbulloh bosh kotibi bo‘lgan edi. U 32 yil davomida harakatga rahbarlik qildi.

Avvalroq Isroilning Livan poytaxtiga hujumi mojaro boshlanganidan beri eng yirigi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring