Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistondagi diniy marosimda 27 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi diniy marosimda 27 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi diniy marosimda yuz bergan tiqilinchda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. 

Hindiston shimolidagi diniy yig‘inda yuz bergan tiqilinchda kamida 27 kishi halok bo‘lgan, qurbonlar asosan ayollardir.

Voqea markaziy Uttar-Pradesh shtatidagi Hatras shahridagi diniy marosim vaqtida sodir bo‘lgan.

Qurbonlar orasida 23 ayol va uch bola bor, deydi politsiya vakili.

Tiqilinch va tartibsizliklarga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

Avvalroq Sankt-Peterburgda dovul sabab uch kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring