Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gorbachyovning holidan qarindoshlari xabar olmay qo‘ygan

Gorbachyovning holidan qarindoshlari xabar olmay qo‘ygan

Sovet Ittifoqining sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovning holidan qarindoshlari xabar olmay qo‘ygan. Vitaliy Manskiyning «Gorbachyov» hujjatli filmi premerasidan keyin «Moskovskiy komsomolets» gazetasi shunday xulosaga keldi.

Hujjatli filmda sobiq prezident nabiralari endi uni ko‘rishga kelishmayotganini aytgan. Uning o‘zi o‘rnidan arang qo‘zg‘aladi va maxsus moslama yordamida harakat qiladi.

Ta’kidlanishicha, Gorbachyov Moskva yaqinidagi unga umrbod berilgan xizmat uyida yashaydi. Bino baland panjara bilan o‘ralgan va xavfsizlik kameralari o‘rnatilgan.

Sobiq prezident yaqin vaqtga qadar dunyo bo‘ylab ma’ruzalar o‘qib pul ishlab topgan. Siyosatchining nutqi uchun eng katta gonorar 400 ming dollar bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring