Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Global isishga qarshi termoyadroviy bombalarni portlatish taklif qilinmoqda

Global isishga qarshi termoyadroviy bombalarni portlatish taklif qilinmoqda

Illyustrativ foto

AQShning Rochester texnologiya instituti tadqiqotchilari global iqlim isishiga qarshi kurashishning g‘ayriodatiy usulini taklif qilishdi — ular suv ostida 1 600 ta termoyadroviy bombani portlatish kerak, deyishmoqda. Olimlarning hisob-kitoblari arXiv saytida berildi.

Bunday portlash atmosfera tarkibini o‘zgartirib, karbonat angidrid gazlarining bazalt jinslari tomonidan yutilishi jarayonini tezlatishi mumkin.

Agarda Yerdagi harorat yuqorilashda davom etsa jahon iqtisodiyoti trillionlab dollar ziyon ko‘radi, millionlab insonlarning hayoti yomonlashadi, deyishmoqda olimlar. Ular suvosti portlashlari tabiiy jarayonlarni tezlatib, vaziyatni yaxshilaydi, deyishmoqda. O‘xshash usullar kichik masshtablarda qo‘llanilayotgani, xususan, Braziliyada ayrim kompaniyalar, jumladan, Google karbonat angidrid gazini yutish uchun dalalarga maydalangan bazalt sepayotgani misol keltirilgan.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, termoyadroviy portlashlarni dengiz tubidan to‘rt kilometr chuqurlikda amalga oshirish kerak. Shundan tepadagi sakkiz kilometrli suv bosimi portlash zarbasini kamaytirib, radiaktiv ifloslanishni kamaytiradi. G‘oya o‘ta xavfli, ammo tadqiqotchilar u kerakli natijani berishiga ishonishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring