Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada ayanchli hodisa ro‘y berdi

Germaniyada ayanchli hodisa ro‘y berdi

Germaniyaning Magdeburg shahridagi Rojdestvo yarmarkasida mashinaning olomon ustiga bostirib borishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 80 ga yaqin kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Bild nashri.

Qora BMW olomon orasidan 400 metr masofani bosib o‘tgan. Xabar qilinishicha, gumondor qo‘lga olingan.

Jabrlanganlar sonining ko‘pligi va ulardan ba’zilari olgan og‘ir jarohatlar tufayli qurbonlar soni yana ortishi mumkin.

Qo‘lga olingan shaxs — 50 yoshli Saudiya Arabistoni fuqarosi. U 2006 yilda Germaniyaga kelgan va shifokor bo‘lib ishlagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qasddan sodir etilgan hodisada uning yolg‘iz o‘zi harakat qilgan. Mashinada portlovchi moddalar topilmagan.

Hujum sabablari noma’lumligicha qolmoqda. Mahalliy telekanal politsiyaga tayanib, gumonlanuvchi aqidaparast emasligini xabar qildi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi hujumni qoraladi.

Germaniya kansleri Olaf Shols bugun mintaqaga tashrif buyurishini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring