G20: kimlar tashqi qarzlarini eng ko‘p uzgani ma’lum bo‘ldi
«Katta yigirmalik» (G20) mamlakatlaridan qaysi birlari 2024-yil davomida o‘z tashqi qarzlarini ko‘proq qisqartirishga erishgani haqida RIA Novosti xabar berdi. Unda tegishli mamlakatlar milliy statistika xizmatlari ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Agentlik xabariga ko‘ra, Yaponiya va Rossiya bu borada ildamlik qilmoqda. Kunchiqar yurt o‘tgan yilning dastlabki olti oyi davomida tashqi qarzini 7 foiz qisqartirib, 4,2 trln dollarga tushirdi. Xuddi shu davrda Rossiya chet ellik kreditorlardan olgan qarzlarining 5 foizini uzdi, mamlakatning tashqi qarzi — $301,9 mlrd.
Qarz yukidan xalos bo‘lish sur’ati bo‘yicha Janubiy Koreya uchlikka kirdi, olti oyda 2 foiz qisqarish hisobiga mamlakat tashqi qarzi $658,3 mlrd.ga yetdi
Qolaversa, o‘tgan yil tashqi qarzlarini qisqartira olgan mamlakatlar qatoriga Italiya (0,8 foiz), Meksika (0,4 foiz), Germaniya (0,1 foizdan kamroq) va Indoneziya (0,1 foizdan kamroq) kirdi.
G20 ning qolgan mamlakatlarida tashqi qarzlar yanada o‘sdi. Bu borada Saudiya Arabistoni yaqqol yetakchi — o‘tgan yili mamlakatning xorijlik kreditorlardan qarzdorligi 14 foiz o‘sib, jami 344,8 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
2024-yilda Hindiston va AQShning tashqi qarzlari mos ravishda 5 foiz va 3,5 foizdan o‘sdi. Oqibatda amaldagi tashqi qarz Hindistonda — $682,3 mlrd, AQShda — $26,9 trln.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter