Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eski dollarlar «nega urfdan qolganini» rossiyalik mutaxassis tushuntirdi

Eski dollarlar «nega urfdan qolganini» rossiyalik mutaxassis tushuntirdi

Banklar rossiyaliklardan eski namunadagi (1996-yilgacha chiqarilgan) dollarlarni istamayroq qabul qilmoqda, dedi «Sinergiya» universiteti katta o‘qituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi Kirill Shcherbakov «Gazeta.ru»ga bergan intervyusida.

«Bunga asosiy sabab — sanksiyalar va ular tufayli banklarga qo‘yilgan cheklovlar. Ilgari moliya muassasalari eski kupyuralarni chet el banklariga emin-erkin inkassatsiyaga jo‘natar, yangisiga almashtirar va hech qanday to‘siqsiz naqd valyuta bilan ishlay olardi. Biroq hozir bu imkoniyat cheklangan, shu bois eski banknotalar bilan ishlash kamroq foyda keltirmoqda va jarayon birmuncha og‘irlashgan. Qolaversa, sanksiyalar tufayli Rossiya banklari naqd dollarlar taqchilligiga yuzma-yuz kelmoqda», — dedi Shcherbakov.

Uning aytishicha, ayrim mamlakatlarda eski seriyadagi dollarlarni qabul qilishda ehtiyotkorlik kuchaygan yoki umuman olishmayapti. Bu holat, ayniqsa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindiston, Indoneziya, Afrika va Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida ko‘zga tashlanmoqda. Eski dollarlarni qalbakilashtirish nisbatan osonligi uchun ular yangi kupyuralarni tanlashmoqda.

Mutaxassis chetga sayohat qilishdan oldin eski dollarlarni yangilariga almashtirishni yoki yevro olib ketishni tavsiya qildi — bu valyuta bilan aksariyat mamlakatlarda muammoga duch kelmaysiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring