Erdo‘g‘on Netanyahuning kelajagi qanday bo‘lishini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilning amaldagi bosh vaziri Binyamin Netanyahu yaqin orada «sumkalarini yig‘ishtirib» mamlakatni tark etishini istisno qilmadi.
Bu haqda u Jazoirdan qaytgach jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi Anadolu.
«Bu jarayon bundan keyin davom etadi deb o‘ylamayman, umid qilamanki, Netanyahu sumkalarini yig‘ib, imkon qadar tezroq ketadi. Uning sud ishi borligini allaqachon bilasiz. Balki undan qutulish uchun shunday qadam tashlagandir (HAMASga qarshi operatsiya). Ammo u qaysi yo‘nalishga bormasin, jazodan qutulolmaydi», — dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, G‘arbda allaqachon Netanyahuni iste’foga chiqarishga chaqiriqlar bo‘lgan.
«Butun dunyo Isroilga qanday munosabat bildira boshlaganini ko‘rishingiz mumkin. G‘azoning bosib olinishida ba’zi hukumatlar jim turgan bo‘lsa-da, «jamiyatlarning vijdonini» safarbar qildi, deydi u.
Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Jazoir yetakchisi Abdulmajid Tebbun ishtirokidagi matbuot anjumanida Isroil Xalqaro sudda javob berishi lozimligi ta’kidlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter