Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi Avstraliyada ishdan keyin xodim rahbarning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaydi

Endi Avstraliyada ishdan keyin xodim rahbarning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaydi

Avstraliya o‘z ishchilariga ishdan keyin va dam olish kunlari «telefonni o‘chirish» huquqini bergan eng so‘nggi mamlakatlardan biriga aylandi. Kuni kecha qabul qilingan yangi qonun, xodimlarga, agar bunday xatti-harakatlar «asossiz»deb topilmasa, ish vaqtidan tashqari rahbarlarning elektron pochta xabarlari va telefon qo‘ng‘iroqlariga e’tibor bermaslik imkoniyatini beradi.

Ushbu qadam ishchilarning shaxsiy vaqtini va ularning dam olish huquqini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, bu ayniqsa raqamli texnologiyalar va masofadan ishlash bosimi ortib borayotgan sharoitda muhim ahamiyatga ega. Yangi qonunga rioya etmagan korxonalar 93,900 Avstraliya dollari (63,805 dollar)gacha jarimaga tortilishi mumkin.

Avstraliya bunday choralarni ko‘rayotgan birinchi davlat emas. Fransiya 2017 yilda shunga o‘xshash qonunchilikni joriy qilgan bo‘lib, ishchilarni ish vaqtidan tashqari xabarlarga javob bermaganliklari uchun jazodan himoya qiladi. Shunga o‘xshash qonunlar Germaniya, Italiya va Kanadada ham amal qiladi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring