Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elchixona Floridadagi vatandoshlarni ogohlantirdi

Elchixona Floridadagi vatandoshlarni ogohlantirdi

O‘zbekiston elchixonasi AQShning Florida shtatidagi vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.

AQShning Florida shtatining 51 ta shahrida «Milton» to‘foni kirib kelayotgani munosabati bilan favqulodda holat e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi vatandoshlarimizdan ehtiyot choralarini ko‘rishini so‘raydi. Agar sizlarga shoshilinch yordam kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:  +1-202-251-8298; +1-202-300-9526.

Shuningdek, to‘foni natijasida jabrlanganlar aniqlangan taqdirda, AQShning Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligining quyidagi ishonch raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raladi: shoshilinch tibbiy yordam 911;

Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligi: (800) 621-3362/ (800) 462-7585/ (800) 985-5990; umumiy masalalar bo‘yicha: 202-646-2500.

Florida shtati ko‘mak liniyasi: +1-800-342-3557.

Florida shtati Evakuatsiya qilishga ko‘maklashish xizmati: +1-800-729-3413.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring