Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi

Foto: Norr Group

Dubayda yangi mehmonxona (Ciel Tower) ochilishi rejalashtirilmoqda, u balandligi bo‘yicha shaharning o‘z rekordini yangilaydi. Ciel Tower mehmonxonasi Dubai Marina tumanida quriladi.

Bino 82 qavat va 1 000 xonadan iborat bo‘lib, balandligi — 365 metr. Solishtirish uchun: Toshkent teleminorasining balandligi — 375 metr.

Foto: Norr Group

Ushbu loyiha Birlashgan Arab Amirliklari hashamatining yangi ramziga aylanishi kutilmoqda. Osmono‘par bno uchun 2 500 kv. m yer maydoni ajratilgan.

Mehmonxona tomida ochiq osmon ostidagi tomosha maydoni, basseyn va restoran joylashadi. Bino energiya samaradorligi va ekologiya talablariga javob berishi bilan ajralib turadi, aytilishicha, sovitish tizimi turdosh binolarga qaraganda energiyani 25 foiz kam sarflaydi.

Foto: Norr Group

Loyiha muallifi — NORR konstruktorlik byurosi prezidenti va me’morchilik bo‘yicha direktori Yahyo Jon. Mehmonxona 2024-yil oxirida ochilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring