Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dehli vokzalidagi tiqilinchda 18 kishi halok bo‘ldi

Dehli vokzalidagi tiqilinchda 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: NDTV

Hindiston poytaxti Dehli temiryo‘l vokzalida yuz bergan tiqilinchda 18 kishi halok bo‘ldi: ularning 11 nafari ayollar, besh nafari bolalar. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Bundan tashqari, jarohatlanganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Baxtsiz hodisaga bir nechta omil sabab bo‘lgan: voqea yuz bergan shanba kuni diniy bayram munosabati bilan tumonat odam yo‘lga chiqqan, qolaversa, o‘sha kuni ikkita poyezd kech kelgan, oqibatda vokzalda haddan ziyod ko‘p yo‘lovchi to‘planib qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring