Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tsukerberg Donald Trampni maqtadi

Tsukerberg Donald Trampni maqtadi

Facebook asoschisi Mark Sukerberg AQSh prezidentligiga nomzodlarning birortasini – Jo Bayden yoki Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Shuningdek,  u Trampni suiqasd holatidagi harakatlarini maqtadi

Sukerberg biror nomzodni qo‘llamaganini ijtimoiy tarmoqlar asta-sekin saylov kampaniyalarida kamroq rol o‘ynay boshlagani bilan izohladi. Uning fikricha, foydalanuvchilar siyosat bilan bog‘liq bo‘lmagan masalalarga tobora ko‘proq qiziqishmoqda.

Shu bilan birga, Sukerberg AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning suiqasd paytidagi otishmaga munosabatini ijobiy baholadi:

 «Donald Trampning o‘q uzilganidan keyin o‘rnidan turib, Amerika bayrog‘i bilan mushtini havoda silkitganini ko‘rish - hayotimda ko‘rgan eng ajoyib voqealardan biri».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring