Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Beril» dovuli Texas va Luiziana shtatlariga yetib bordi

«Beril» dovuli Texas va Luiziana shtatlariga yetib bordi

Foto: Reuters

«Beril» tropik bo‘roni AQShning Texas shtati sharqi va Luiziana shtati g‘arbiga yopirildi. Bu haqda AQSh dovullarni kuzatish milliy markazi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, siklon Tayler shahridan 180 km uzoqlikda bo‘lib, shamolning maksimal tezligi 20,8 m/s.ga yetgan.

Oldinroq dovullarni kuzatish markazi «Beril» yaqin 24 soat ichida yana dovulga aylanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Texasda tropik dovul oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. Reuters agentligi avtomobil yo‘llari va temir yo‘llarni suv bosgani hamda 1 300 ta aviaparvoz bekor qilingani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, 2,7 millionga yaqin bino elektr energiyasiz qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring