Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belarus Ukrainaga jiddiy norozilik bildirdi

Belarus Ukrainaga jiddiy norozilik bildirdi

Belarus Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning muvaqqat ishlar bo‘yicha vakiliga «mamlakat uchuvchisiz uchoqlari chegaralarni buzgani» sababli norozilik notasini topshirdi.

Shanba kuni Belarus tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning vaqtinchalik ishlar vakili Olga Timushni chaqirtirdi, unga norozilik notasi topshirildi, deya xabar bermoqda «Interfaks».

«Ukrainalik diplomatga keskin norozilik bildirildi va Ukraina hududidan uchirilgan uchuvchisiz uchish apparatlari guruhining Belarus Respublikasi chegarasini buzganligi munosabati bilan tegishli nota yuborildi», — deyiladi agentlik bayonotida. 

Xabar qilinishicha, Timush Minsk o‘z hududini himoya qilish uchun javob choralarini ko‘rish huquqini saqlab qolishi haqida ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko 9 avgust oqshomida Belarus hududi uzra Ukrainadan kelgan hujumchi dronlarni yo‘q qilish haqida gapirgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring