Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayram xavfsiz o‘tsin desangiz...

Bayram xavfsiz o‘tsin desangiz...

Siz archani bezash kabi qiziqarli jarayonga turli yo‘llar bilan yondashishingiz mumkin, ammo yaqinda paydo bo‘lgan bezatish tendensiyasi ko‘pchilikka tashvish keltirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Buyuk Britaniyaning ko‘plab aholisi bu yil bayram daraxtlariga noodatiy «o‘yinchoqlar» – ishlatilgan elektron sigaretlarni osib qo‘yishga qaror qilishgan.

Aytishlaricha, bu sigaretlarning barchasi rang-barang va yorqin.  

Ammo bunday chiroyli, yaltiroq buyumlarining xavfsizligi yanada ko‘proq savollar tug‘diradi. Elektron sigaretalar ishlab chiqarish va savdosi bo‘yicha mutaxassislar odamlarni bu trenddan voz kechishga chaqirmoqda. Sigaret to‘liq ishlatilgan va to‘liq zaryadsizlangan bo‘lsa ham, batareya hali ham «o‘lmagan» bo‘lishi mumkin, bu esa yong‘inni keltirib chiqaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring