Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden turli gap-so‘zlar fonida ommaga ko‘rinish berdi

Bayden turli gap-so‘zlar fonida ommaga ko‘rinish berdi

AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanini e’lon qilganidan keyin birinchi marta omma oldida chiqish qildi.

Unda prezidentning mashinadan tushib, samolyotga chiqayotgani aks etgan. 

NBC News ta’kidlashicha, davlat rahbarining shu haftadagi siyosiy tadbirlardagi ishtiroki qoldirildi.

Bayden o‘tgan hafta COVID-19 bilan kasal bo‘lib qoldi. Bugun uning shifokori koronavirus testi allaqachon salbiy natija berganini aytdi. Shu bilan birga, u prezident kuzatuv ostida qolayotganini ta’kidladi.

Bayden o‘zining barcha so‘nggi bayonotlarini, jumladan, saylovda qatnashishdan bosh tortganini X ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qilgandi. Respublikachilar partiyasi uning iste’fosini talab qildi, biroq prezident buni rad etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring