Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning jahon iqtisodiyotidagi ulushi minimumga tushib ketdi

AQShning jahon iqtisodiyotidagi ulushi minimumga tushib ketdi

AQShning jahon iqtisodiyotidagi ulushi yil oxiriga borib 14,76 foizni tashkil etadi, bu zamonaviy tarixdagi eng past ko‘rsatkichdir. Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

Qo‘shma Shtatlarning global YIMdagi ulushi ilk marta 15 foizdan past bo‘lishi Jo Bayden prezidentligining ikkinchi yiliga to‘g‘ri kelgandi. 2023-yil yakunida bu raqam 14,82 foiz ko‘rinishida bo‘ldi.

1990-yillarda jahon iqtisodiyotining beshdan bir qismi AQShga to‘g‘ri kelardi. Eng yuqori cho‘qqi 1999-yil bo‘lib, AQShning ulushi 21,01 foizni tashkil etgan. O‘shanda jahon iqtisodiyoti umumiy hajmi $45,85 trln, AQSh iqtisodiyoti hajmi $9,6 trln bo‘lgan.

Va aksincha, hozirda Xitoy jahon iqtisodiyotidagi ulushini 18,76 foizga yetkazib oldi.

AQSh prezidentligiga nomzodlarning iqtisodiy rejalari mamlakat uchun fiskal inqiroz ehtimolini oshirmoqda. Kamala Harrisga qaraganda Donald Tramp davlat qarzini ikki karra ko‘paytirib yuborishi mumkin, deyishmoqda ekspertlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring