Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShdan devor emas, ko‘prik qurish so‘raldi

AQShdan devor emas, ko‘prik qurish so‘raldi

Meksika va AQSh mushtarak muammolar, jumladan, migratsiya muammosini hal etishda o‘zaro anglashuvga erishishi lozim, Meksika prezidenti Klaudia Sheynbaum Milliy saroyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday bayonot berdi.

«Biz ishlayapmiz, prezident Tramp bilan o‘zaro anglashuvga erishamiz deb o‘ylayman. Qarang, muvofiqlashtirish bo‘lmasa nimalarga olib keladi, Sinaloa bunga misol», — dedi Sheynbaum AQSh chegarada devor qurayotganiga Meksikaning munosabati haqida berilgan savolga.

Migratsiya muammosini hal etishda uning sabablarini bartaraf etish va odamlar tark etayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash muhim. Devor qurish o‘rniga ko‘priklar o‘rnatish kerak, dedi Meksika rahbari.

«Biz e’tiborni doim sabablarga qaratamiz, suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va migratsiya bo‘yicha hamkorlikka doim ochiqmiz. Istagimiz — eng yuqori darajada muloqotga erishish. Qandaydir tariflar, bojlar joriy etish shart emas. Aksincha, AQSh, Kanada va Meksikaga naf keltirayotgan shartnomalarni qo‘llab-quvvatlash va yanada mustahkamlash lozim», — deya ta’kidladi Sheynbaum.

Meksika prezidenti buning uchun Donald Tramp va uning jamoasi bilan dialogni davom ettirishga tayyorligini aytdi. Trampning 20-yanvardagi inauguratsiyasiga taklifnoma oldingizmi degan savolga u hozircha yo‘q, deb javob berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring