Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda kuchli tornado sabab 31 kishi halok bo‘ldi

AQShda kuchli tornado sabab 31 kishi halok bo‘ldi

AQShDA tornadolar oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi. 

Bo‘ron o‘rta g‘arb va janubi-sharqda sodir bo‘ldi, hukumat bir qator shtatlarda favqulodda holat e’lon qildi. 

Eng ko‘p qurbon kuzatilgar shtat Missuri bo‘lib, u yerda 12 kishi halok bo‘lgan. Kanzas shtatida kuchli chang bo‘roni sabab bo‘lgan yirik halokatda sakkiz kishi halok bo‘ldi. Arkanzasda 3 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi yaralandi. Missisipi ma’murlari to‘rtta, Texasda uchta, Oklaxomada esa bir kishi halok bo‘lganini xabar qildi. 

Milliy ob-havo xizmatining ob-havoni bashorat qilish markaziga ko‘ra, janubiy shtatlarga katta xavf tahdid solmoqda. Yaqin soatlarda tornado g‘arbiy Florida va Jorjiyaga yetib borishi kutilmoqda. 

Sinoptiklarning aytishicha, tornado faolligi pasaymoqda, biroq ayrim shtatlar uchun xavf saqlanib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring