Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Livandan o‘z fuqarolarini ko‘chirishga tayyorlanmoqda — NBC

AQSh Livandan o‘z fuqarolarini ko‘chirishga tayyorlanmoqda — NBC

Pentagon (AQSh mudofaa vazirligi) o‘z kuchlarini Isroil-Livan chegarasi yaqiniga joylashtiradi — Isroil va «Hizbulloh» harakati o‘rtasidagi jangovar harakatlar keskinlashishi oqibatida Livandan amerikalik fuqarolarni zudlik bilan ko‘chirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda NBC telekanali o‘z manbalariga asoslanib xabar tarqatdi.

Manbalarga ko‘ra, Vashington Isroil Livanga qarshi quruqlik orqali hujum operatsiyasini yaqin haftalarda boshlashidan tobora ko‘proq xavotirlanmoqda.

Vashington tomonidan bo‘layotgan bosimga qaramasdan, Isroil rahbarlari Livanga hujum qilish rejasidan voz kechgani yo‘q.

«Hizbulloh» harakatining raketa hujumlari tufayli o‘z uylarini tark etgan 60 ming isroillikni mamlakat shimolida joylashgan uylariga qaytarish uchun Isroil chegarada 16 kilometrli bufer zonasini yaratishni mo‘ljallayapti, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring