Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroildagi elchixona ogohlantirish bilan chiqdi

Isroildagi elchixona ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mazkur mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.

Elchixona Isroildagi mavjud vaziyat sabab quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi:

  • Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlaning;
  • Isroil rasmiylari va O‘zbekiston elchixonasi hamda rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligi (Home Front Command)dan bildirishnoma va ogohlantirishlar olish uchun uning mobil ilovasi yoki veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yuring. Favqulodda vaziyatlarda bu tezroq yordam olish imkonini beradi;
  • Imkon qadar olomondan qoching va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklaning.

Yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi aloqalar orqali murojaat qilish tafsiya etiladi:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054-485-1397

Elektron pochta: [email protected]

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring