Amerikalik sarmoyador portlatilgan «Shimoliy oqim-2» gaz quvurini sotib olmoqchi
Amerikalik sarmoyador Stiven Linch AQSh hukumatidan Rossiyaning shikastlangan «Shimoliy oqim-2» gaz quvuri Shveysariyadagi bankrotlik jarayoni doirasida kimoshdiga qo‘yilsa, savdolarda qatnashishga ruxsat so‘radi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.
Doim «soyada ishlash»ni afzal bilgan mayamilik Stiven Linch Moskvada 20 yil tadbirkorlik qilgan, deyiladi xabarda.
U hukumat rasmiylari va qonunchilariga murojaatida ta’kidlashicha, quvurning AQSh boshqaruviga o‘tishi Ukrainadagi urushga nuqta qo‘yish yo‘lida Rossiya bilan tinchlik muzokaralarida qo‘l keladi, qolaversa, Qo‘shma Shtatlarning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qiladi.
Quvurni qo‘lga kiritish AQSh va Yevropa uchun qazilma yonilg‘i davri intihosiga qadar qit’adagi energiya ta’minotini nazorat qilish uchun noyob imkoniyatdir, dedi Linch.
Shu yilning iyunida Shveysariya sudi Nord Stream 2 AG gaz quvuri operatorining bankrotlik jarayonini 2025-yilning yanvariga qadar uzaytirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter