Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriyada «Al-Qoida» qo‘mondoni yo‘q qilindi

Suriyada «Al-Qoida» qo‘mondoni yo‘q qilindi

AQSh askarlari Suriyada «Al-Qoida» guruhining yana bir yetakchisini yo‘q qildi

Tashkilot bo‘limi yetakchisi Muhammad Yusuf Ziya Talaiy AQSh Markaziy Qo‘mondonligi (CENTCOM) kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumida o‘ldirildi.

Press-relizda aytilishicha, bu harakatlar Markaziy qo‘mondonlikning terrorchilik rejalarini yakson qilish harakatlarining bir qismidir.

-Biz o‘z vatanimiz va AQSh xodimlari, ittifoqchilari va mintaqadagi hamkorlarini himoya qilish uchun terrorchilarni tinimsiz ta’qib qilishda davom etamiz, — dedi AQSh Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Erik Kurilla.

Yanvar oyidan beri Markaziy qo‘mondonlik ushbu tashkilotning bir qancha yuqori martabali rahbarlarini yo‘q qildi. Havo hujumlari 2025-yilning yanvar va fevral oylarida amalga oshirilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Markaziy qo‘mondonlik va general Kurillani tabriklagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring