Sergelida «Ay-Ti» markaz ochildi (foto)
![Sergelida «Ay-Ti» markaz ochildi (foto)](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/920__95_2394466887.jpg)
Toshkent shahrining Sergeli tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.
«Besh tashabbus» loyihasini amalga oshirish doirasida respublikaning barcha hududlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini ochish ko‘zda tutilgan.
Ushbu markazlar yosh avlodni ilm-fanga keng jalb etish, axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirishga ko‘maklashadi. Birinchi bosqichda barcha yoshlarga bepul ta’lim beriladi.
Shuningdek, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan barcha fuqarolar «Ay-Ti» yo‘nalishida o‘qitilib, ularga sertifikat beriladi hamda ish taklif etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter