Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pochta tizimida elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha yaponiyaliklar bilan fikr almashildi

Pochta tizimida elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha yaponiyaliklar bilan fikr almashildi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Bugun, 21-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligining Xalqaro hamkorlik va pochta siyosati xizmatlari Departamenti direktori Shuxei Shodji boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari B.Olmatov mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston-Yaponiya aloqalari strategik hamkorlik shartnomasi asosida rivojlanib borayotganini e’tirof etdi.

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Axborot texnologiyalari sohasidagi bir qator yirik kompaniyalar bilan uzoq yillardan buyon o‘zaro samarali aloqalar o‘rnatilgani, eng muhimi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch asosida taraqqiy etib borayotganini ta’kidladi.

Shuningdek delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda sohada amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, tizim oldida turgan vazifalar, shuningdek, «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyatining istiqboldagi rejalari xususida batafsil ma’lumot berildi.

Yaponiya delegatsiyasi rahbari Shuxei Shodji O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘sish yuqoriligi, bu hozir dunyoda kechayotgan jarayonlarga nisbatan juda yaxshi ko‘rsatkich ekanligi, ikki davlat o‘rtasida pochta yo‘nalishida hali foydalanilmagan imkoniyatlar katta ekanligi, O‘zbekistonlik pochta mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashish, tizimga joriy etilayotgan yangi loyihalar bilan o‘rtoqlashish muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida yaponiyalik mutaxassislar pochta bo‘limi faoliyati bilan tanishish, pochta tizimida elektron tijoratni rivojlantirish borasida ham o‘zaro fikr almashdi.

Ikki tomonlama uchrashuvda mahalliy va xalqaro darajada biznes infratuzilmani shakllantirishda pochta xizmatining o‘rni bilan bog‘liq masalalalarda o‘zaro fikr almashildi.

Bundan tashqari, uchrashuvda hamkorlik aloqalarini Butunjaxon pochta ittifoqi tashkiloti doirasida ham rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring