Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nokia fanati Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

Nokia fanati Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

Foto: Guinnessworldrecords

Ispaniyalik Vens Palau Fernandes Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Ta’kidlanishicha, Fernandes mobil telefonlarning eng katta to‘plamini jamg‘argan — jami 3615 xil model. Bularning barchasini u Barselonadagi kvartirasida saqlaydi.

Mobil qurilmalar ishqibozi 2008-yildan Nokia telefonlarini yig‘ishni boshlagan, oradan 10 yil o‘tib, shu rusumdagi telefonlari soni 700 taga yetdi. Shundan so‘ng Fernandes jamg‘armasini boshqa brendlarning telefonlari va Nokia sotuvga chiqarmagan prototiplar bilan ham to‘ldirishga kirishdi.

Foto: Guinnessworldrecords

Bugunga kelib uning o‘ziga xos «uy-muzeyi»da Nokia bilan birga Siemens, NEC, Motorola, Blackberry, Samsung, HTC, Apple va boshqa ko‘plab kompaniyalarning qurilmalarini uchratish mumkin. Ular orasida eksklyuziv va kamyob rusumli mobil telefonlar ham bor.

Avvalgi rekord 2023-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, ruminiyalik Andrey Bilbi Argentis 3456 xil mobil telefon to‘plagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring