Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kremniy vodiysi: Telegraf stansiyalaridan jahon IT-sanoati markazigacha bo‘lgan yo‘l

Kremniy vodiysi: Telegraf stansiyalaridan jahon IT-sanoati markazigacha bo‘lgan yo‘l

Hozirgi zamon texnologiyalarining asoslari shu yerda paydo bo‘lgan.

Foto: «YouTube»

Kremniy vodiysi — zamonaviy texnologiyalar sanoatining sinonimi. Ushbu hudud «quyosh nuri yetib borgan» barcha innovatsiya markazlarini egallab bo‘ldi, deb xabar beradi dev.by nashri.

XIX asr oxirida San-Fransiskodagi port sabab, hudud radio-sanoat va mintaqaviy telegraf markaziga aylandi. 1909-yilda San-Xoseda AQShdagi birinchi radiostansiyalardan biri paydo bo‘ldi.

Foto: «Hangar Network»

1933-yilda amerikalik harbiylar Moffet Fildni qo‘lga kiritdi va u yerda USS Macon dirijabllarini qurib, saqlay boshladi. Har doimgidek, jiddiy harbiy baza o‘ziga yarasha katta sarmoyani talab qilardi, shu bilan birga, u San-Fransisko mintaqasidagi aerokosmik tadqiqotlarning rivojlanishiga hissa qo‘shar edi. 1939-yilda Amerikadagi yirik tadqiqot institutiga asos solingan va hozida u NASA nomi ostida faoliyatini davom ettirmoqda. Shuningdek, 1949-yilda dunyodagi eng yirik (o‘sha vaqtda) arodinamik truba paydo bo‘lgan.

Uilyam Xyulet va Deyv Pakard.
Foto: «Phoenix HubSpot User Group»

1939-yilning yana bir e’tiborga molik jihati — aynan shu yilda Uilyam Xyulet hamda Deyv Pakard Palo-Altodagi «Hewlett-Peсkard» kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya Ikkinchi jahon urushida radar va artilleriyalar uchun texnologiyalar yaratish bilan shug‘ullangan. U vaqtlarda kompyuterlar salkam bitta xonani egallardi.

1940-yilda Uilyam Shokli zamonaviy kompyuterning protsesseri — Bell Labs’ga asos solgan insonlardan biriga aylangan. Kompaniya tarixda birinchi bor germaniumdan emas, balki kremniydan protsessorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shokli betob onasining yonida bo‘lish uchun Muintin Vyuda o‘z kompaniyasiga asos solgan va Stenfordning yetti nafar bitiruvchisini ishga jalb qilgan.

1957-yilda «SSL»ning sakkiz nafar ishchisi — “sotqin sakkizlik” (Shoklining ta’rificha) Sherman Feyrchayld bilan Fairchild «Semisondustor»ni hamkorlikda yaratish uchun kompaniyadan ketib qolgan. 60-yillar boshida aynan shu korxona «Apollo» kosmik dasturiga hisoblash mexanizmlarini yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Keyinroq «sotqin sakkizlik»ning aksariyati o‘zining shaxsiy kompaniyalariga asos sola boshlagan, jumladan, Gordon Mura va Robert Noys 1968 yilda «Intel»ni «dunyoga keltirgan». Shundan so‘ng «AMD», «Nvidia» va «Kleiner Perkins»lar paydo bo‘lgan.

1969-yilda Stenford tadqiqot instituti zamonaviy internetning paydo bo‘lishiga olib kelgan davlat tadqiqot loyihasi — «ARPANET»ning to‘rtta bo‘g‘inidan biriga aylandi. 1970-yilda «Xerox» Palo-Altoda «PARC» laboratoriyasini ochgan — u yerda kompyuter qismlari, xususan, ethernet va grafik foydalanuvchi interfeyslari ishlab chiqilgan. 1971-yilda jurnalist Den Xofler bu yerdagi sanoat haqida «AQShning Kremniy vodiysi» nomli maqolani chop etgan. O‘shandan buyon ushbu hudud shunday nomlanadi.

1971 yilda jurnalist Den Xofler bu yerdagi sanoat haqida «AQShning Kremniy vodiysi» nomli maqolani chop etgan. 
Foto: «NPR.org»

1970-yillarda vodiyda «Atari», «Apple» va «Oraсle» paydo bo‘lgan, 1980-yildan boshlab esa hudud kompyuter sanoatining markaziga aylangan. 1990-yilda u yerda «eBay», «Yahoo», «PayPal» va «Google», ikkinchi mingyillikda esa — «Facebook», «Twitter», «Uber», «Tesla» va boshqa ko‘plab hozirgi zamon texnologiyalarining asoslari paydo bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring